Andijon viloyati Yoshlar teatriga - Xush Kelibsiz!

Andijon viloyati Yoshlar teatriga - Xush Kelibsiz!

Spektakllarni Ko'rish
Зўраки табиб

Зўраки табиб

Spektakllarni Ko'rish
Соқов хотин

Соқов хотин

Spektakllarni Ko'rish

Teatr Haqida

Qisqacha ta'rif

Andijon viloyati Yoshlar teatri haqida

Andijon bolalar va yoshlar teatri – Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri — bolalar va yoshlar teatri. 1990-yil 1-dekabrda „Istiqbol“ teatr-studiyasi asosida tashkil boʻlgan. „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov) spektakli bilan ochilgan. Teatrning asoschisi va badiiy rahbari Mannon Hamidov boshchiligida Q. Mada-minov, M. Turgʻunov, M. Madrahimova, T. Roʻziyeva, M. Xoldorov, F. Mamasodiqova, adabiy emakdosh Ziyo Najmiy kabilar teatrning dastlabki ijodkorlari. „Baloyi nafs“ (M. Asadullayev), „Hazon boʻlgan gul“ (X. Qozoqova), „Yaxshivoy va Yomonvoy“ (B. Ixtiyorov (https://uz.wikipedia.org/wiki/Baxtiyor_Ixtiyorov)), „Dilijon daydilari“ (M. Hamid), „Moʻ’jizalar olami yoxud Sanoʻi nafisa“ (Z. Najmiy) va boshqa teatrda sahnalashtirilgan dastlabki spektakllar. „Sevgi afsonasi“ (O. Xoldor), „Toʻylar muborak“ (Oʻ. Hoshimov), „Afandining besh xotini“ (I. Sodiqov) komediyalari, „Al-vido bolalik“ (T. Malik) fojiaviy dramasi, „Hayot eshik ortida“ (S. Siro-jiddinov) tragikomediyasi, shuningdek E. Sobirovning „Buqoqning koʻngli“ hajviy tomoshasi bilan teatr oʻz mavqeini mustahkamlab oldi. Teatr oʻz rejissu-rasida zamonaviylik va tomoshaviylikning oʻziga xos turmushbop uygʻunligini, 495sodda va ayni bir paytda noziq did bilan purmaʼno asarlar yaratish mahoratiga erishdi. „Nargis fojiasi“, „Shayton koʻli yonida“ (I. Yumagulov), „Kasotlar“ (E. Sobirov), „Zanjirband sheʼr“ (Z. Najmiy), „Qirol Lir“ (U. Shekspir), „Bugunning Hamleti“ (M. Hamid) singari spektakllar teatrning keyingi yillar ijod mahsulidir. Yoshlarni maʼnaviy kamol topishida oʻz hissalarini qoʻshish, oʻtmishimizning buyuk tarixini haqqoniy aks ettirish, milliy teatr anʼanalariga sodiq qolib, ustozlar yoʻlidan borish teatrning asosiy maqsadi. M. Ubaydullayeva, S. Ulugʻov, B. Mirzakarimova, Sh. Abdul-layeva, V. Roʻzimatov, S. Boyxonboyeva, N. Hakimov, M. Ibrohimova, V. Turdiyev, S. Mirzayev va boshqa teatrning yetakchi aktyorlari. Hozirgi kunda ushbu teatr direktori Xalilillo Joʻraboyev faoliyat olib bormoqda.
37+ Yillik Tajriba
200+ Spektakllar
55+ Professional Aktyorlar
Andijon viloyati Yoshlar teatri haqida

Bizning Spektakllar

Eng so'nggi va mashhur spektakllarimiz bilan tanishing

Oltin Tarvuz

Oltin Tarvuz

Muallif: O'zbek halq ertaklari

Rejissyor: Bahodir majidov

Batafsil
Ur to'qmoq

Ur to'qmoq

Muallif: O'zbek halq ertaklari

Rejissyor: Baxodir Majidov

Batafsil
Pik nik ( Dala Sayli)

Pik nik ( Dala Sayli)

Muallif: Fernando Arrabel

Rejissyor: Najot Hoshimov

Batafsil
Mehr va Suhayl

Mehr va Suhayl

Muallif: Alp Jamol

Rejissyor: Muhammadamin Jabborov

Batafsil
Maysaraning Ishi

Maysaraning Ishi

Muallif: Xamza Xakimzoda Niyoziy

Rejissyor: G'iyosbek Mirzamahmudov

Batafsil
G'aroyib Xangoma

G'aroyib Xangoma

Muallif: Anvar Obidjon

Rejissyor: Tolib hoji Hamidov

Batafsil

Video Galeriya

Spektakllarimizdan lavhalar

Тақдимот

Тақдимот

Spektakl parcha

Spektakl parcha

Andijon viloyati Yoshlar teatri

Andijon viloyati Yoshlar teatri

So'nggi Yangiliklar

Teatr hayotidan eng so'nggi xabarlar

Tabrik

Tabrik

09.12.2025

taqdirlov

Batafsil
Театр ибратхона

Театр ибратхона

03.12.2025

Театр жамият учун керак.

Batafsil
Xoreograf

Xoreograf

16.11.2025

Taqdimot

Batafsil