♻️ O‘zbekiston Madaniyat vazirining 2025-yil 23-apreldagi 201-sonli “Davlat teatrlari va teatr-studiyalari direktorlari hamda o‘rinbosarlarining malakasini oshirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida O‘ZDSMI huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida tinglovchilarga qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
⚡️Respublikaning turli joylaridan kelgan teatr rahbarlari hamda o‘rinbosar tinglovchilar uchun dars mashg‘ulotlari Madaniyat vazirligi va boshqa tizimdagi soha mutaxassislari tomonidan olib borildi.
Unda Andijon viloyat Yoshlar teatrining direktori Xalilillo Jo‘raboyev ham qisqa muddatli malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlab, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.
♻️ Sertifikat topshirish marosimida O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari Y. Usmonov, O‘zDSMI O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Madiyev, O‘zDSMI Malaka oshirish Tarmoq markazi direktori A. Porsayev va boshqalar ishtirok etishdi.
@andyoshlartheatr