Andijon tumani “Madaniyat markazi”da Andijon viloyati yoshlar teatri jamoasi Anvar Obidjon qalamiga mansub “G‘aroyib hangoma” spektakli bilan tashrif buyurdi
Bugun Andijon tumani “Madaniyat markazi”da Andijon viloyati yoshlar teatri ijodkorlari tomonidan atoqli adib Anvar Obidjonning “G‘aroyib hangoma” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.
Ushbu sahna asari o‘zining betakror obrazlari, mazmundor sahnalari va yumorga boy yo‘nalishi bilan tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida teatr jamoasi yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish, milliy adabiyot namunalarini sahna orqali keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida faoliyat olib bordi.
Spektakl yakunida tomoshabinlar ijodkorlarga minnatdorlik bildirib, mazkur madaniy uchrashuvning ahamiyatini yuqori baholashdi.
Andijon viloyati yoshlar teatri matbuot xizmati