Yangiliklarga qaytish

Xorijiy gastrol

Xorijiy gastrol
27.09.2025
Yoshlar teatri Qirg‘izistonda ijodiy safarda bo‘ldi So‘ngi yillarda hukumatning alohida eʼtibori bilan teatr saʼnati sohasida ham bir qator yangilanishlar bilan o‘zgarib, zamon bilan hamnafas rusda ijod qilishiga to‘la imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Andijon viloyat Yoshlar teatri va Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh shahridagi Bobur nomidagi o‘zbek akademik musiqali drama teatri o‘rtasida imzolangan memorandum,  bevosita ikki qardosh xalqlarning o‘zaro mehmondo‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi, teatr sanʼatini rivojlantirishga har jihatdan manfaatli ravishda xizmat qilib kelmoqda. Kuni kecha Andijon viloyat Yoshlar teatri jamoasini O‘sh shahri teatr vakillari tantanali ravishda kutib oldilar. Andijon viloyat Yoshlar teatri ijodkorlari tomonidan "Kunduzsiz kechalar" spektakli namoyishi tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi. Tadbir yakunida Ikki qardosh san'at vakillarining kelgusi ijodiy hamkorliklari bardavom bo‘lishini bildirib, esdalik sovg‘a-salomlari ulashildi. Telegram | Instagram | Fecebook