37_mavsum
16 sentyabr kuni Andijon viloyat Yoshlar teatrida 37-mavsum ochilishi bo‘lib o‘tdi.
🎭Dastlab, teatr o‘zining o‘ttiz yetti yillik ijodiy faoliyati davomida salmoqli asarlar sahna yuzini ko‘rgani, xalqimiz uchun munosib asarlarini tuhfa etib kelayotganini yig‘ilgan mehmonlar tomonidan alohida e’tirof qilindi.
Shundan so‘ng, teatr tomonidan tayyorlangan dasturiy namoyishlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari havola etildi.
Teatr o‘zining 37- mavsumini Rihsivoy Muhammadjonovning "Soqov xotin" asari asosida, rejissyor Najot Hoshimov tomonidan sahnalashtirilgan spektakli bilan boshladi.
Mazkur asar barchaga manzur bo‘ldi va yig‘ilganlar tomonidan teatrning yangi ijodiy mavsumiga muvaffaqiyatlar tilab qolishdi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Fecebook