Yangiliklarga qaytish

Navrõz bayrami

Navrõz bayrami
20.03.2025
Navro‘z – azaliy va milliy qadriyatlar tarannumidir! Jannatmakon o‘lkamizda yangilanish va yasharish, nafosat bahor fasli ila sharqona yangi kunning boshlanishi bo‘lgan – Navro‘z bayrami shukuhi kezmoqda. Go‘zal va betakror Andijonda "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!" shiori ostida Navro‘z bayrami "Bog‘i Bobur" bog‘ida keng nishonlanib, Andijon viloyat Yoshlar teatri jamoasi ham bayramga ko‘tarinki kayfiyat bilan, milliy ruhdagi sahna chiqishlari orqali fayz qo‘shmoqda. Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ushbu bayramda qatnashib, barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan qutladi. Hokim xalq saylida bayram shodligini ulashayotgan teatr san’atkorlariga ham o‘zining alohida tashakkurini bildirdi. Andijon viloyat Yoshlar teatri "Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida turli teatr sahna ko‘rinishlari, ko‘rgazmali liboslar, konsert dasturlari bilan yurtdoshlarimizning teatr san’atiga bo‘lgan mehr va e’tiroflarini qozonib, keng ko‘lamda nishonlamoqdalar. Andijon Yoshlar teatrining Matbuot xizmati.